Biz 7 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan bolalarga IT, Grafik dizayn va Robototexnika sohalarini o’rgatish orqali kelajakka tayyorlaymiz!
CoddyCamp - bolalar uchun zamonaviy IT akademiyasi.
Bepul konsultatsiyaga ro’yxatdan o‘ting
2000 dan ortiq ota-onalar ishonch bildirgan
Biz bolamizni gadjetlardan ajratish uchun olib kelmadik, o‘zi yoqtirgani uchun olib keldik. O'zi 8,5 yoshda, bu yerda o'zi bir nimaga erishayotganini ko'rib, yanada qiziqib qoldi.
Haqiqatdan ham bu yerda muhit juda yaxshi ekan. Keyin ularning qiladigan ishlariga kafolat berishlari yoqdi.
Juda ko‘p joylarda reklamani chiroyli qilishadi-yu, lekin amaliyotda bunday bo‘lmaydi.Lekin sizlarda reklamada aytilgan ishlar amalda ham bajarilayotganiga guvoh bo‘ldim.
Bolalarni bo‘sh qo‘yish kerak emas, ayniqsa o‘g‘il bolalarni. O'qigani yaxshi, nabiram CoddyCamp IT akademiyasiga o'zi qiziqib keladi, har kuni darsi boshlanishini kutib o'tiradi.
IT kerakli soha, hozir nabiram noldan boshlab o'rganyapti, oxirigacha o'qitamiz. Akademiya menga yoqdi, sharoitlari ham yaxshi ekan.
Hammalari xushmuomala, ishchilar ham, o'qituvchilar ham. Bolalar ham xursand bo'lib kelishyapti.
Bola o‘z qiziqishiga qarab chuqur kirib ketarkan. Bitta to‘garakka berasiz-u, bola u yerda 3 xil yo‘nalishdan o‘ziga yoqqanini tanlar ekan.
Kompyuter bo‘ladimi, dasturlash bo‘ladimi — qaysi yo‘nalishda bo‘lmoqchi ekanini o‘zi ajratib oladi. 11 yoshli bolamning o‘z faoliyatini namoyish qilib berishayapti.
Mening ikki farzandim o'qiydi, ancha o'rganib qolishdi. Oldin telefon o'ynashardi, hozir esa IT'dan vazifalarini bajarishadi.
O'zgarishlar sezilyapti, uyga vazifalarini qilishadi, telefondan ancha bo'shab qolishgan. Ertaga ishga joylashayotganda baribir kompyuterni bilishi kerak bo'ladi.
Ustozlarining yordami bilan uyalishlari ham yo‘qoldi. Oldin uyalishardi, o‘z fikrini aytolmas edi. Hozir esa ancha ochilib, fikrini bemalol aytishadi.
21-asrda yashayapmiz, bolalar dasturlashni bilishi kerak. Hozirgi zamon talabi shu. Reklamalardan ko‘rib, shu joyni xohlab olib keldim.
Kelgandan beri unda qiziqishlar paydo bo‘ldi. Birinchi kelganda qiziqishi unchalik bo‘lmagan edi, lekin keyin o‘zgardi.
Boshqa ota-onalarga ham tavsiya qilgan bo'lardim.
Nega ota-onalar aynan CoddyCampni tanlashmoqda?
Bolalar faqat dars qilib zerikib qolmasliklari uchun har hafta qiziqarli tadbirlar uyushtiriladi.
Bepul tadbirlar
Bolalar tushunmagan mavzularini yordamchi ustozlar bilan o‘rganishadi, o‘rgangan bilimlarini yanada mustahkamlashadi.
Yordamchi ustozlar
O‘quvchilarimiz darslarda aktiv bo‘lganliklari, vazifalarni bajarganliklari uchun tangachalar olishadi, ularni yig‘ib qimmatbaho sovg‘alarga almashtirishlari mumkin bo‘ladi.
COIN tizimi
Kurslarimiz metodist tomonidan tushunarli va qiziqarli tarzda ishlab chiqilgan. Bolalar darslarni tushunmay yoki zerikib qolmaydi.
Psixolog-metodist
Kurslarimiz bilan tanishing
Farzandingiz robotlarni yig‘adi, dasturlaydi va ularni harakatlantirish orqali muhandislik tafakkurini rivojlantiradi.
Robototexnika
O’quv rejasini ko’rish
Bu kursda logotip, banner va vizitka kabi dizaynlar tayyorlash o‘rgatiladi. Kreativ fikrlash, kuzatuvchanlik kabi ko‘nikmalar rivojlanadi.
Grafik dizayn
O’quv rejasini ko’rish
Farzandingiz saytlar, o‘yinlar yasashni o‘rganadi. Mantiqiy fikrlash va muammolarni yechish ko‘nikmasi rivojlanadi.
Dasturlash
O’quv rejasini ko’rish
03
02
01
Farzandingiz robotlarni yig‘adi, dasturlaydi va ularni harakatlantirish orqali muhandislik tafakkurini rivojlantiradi.
Maktabda Bobur tasodifan sinf saytini “ishdan chiqarib qo‘ygan”, lekin kechqurun uni tiklab, yanada yaxshilaganidan so‘ng, o‘qituvchi aynan shu versiyani qoldirishni so‘ragan.
Hayratlanarli fakt
Oddiy mashqni ham ilhomlantiruvchi mini musobaqaga aylantira oladi — hatto eng sokin bola ham o‘z g‘oyasi bilan porlamoqchi bo‘ladi.
Superkuchi
Bobur bolalarga kodlashni shunchaki o‘rgatmaydi — u ularga saytni shaxsiy mini-olamga aylantirish mumkinligini ko‘rsatadi. Har bir dars — kichik ijodiy loyiha.
Ijodiy ilhom manbai
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU)
Ta’lim
Hamkasblari hazillashib, Asadbekda “did skaneri” bor deyishadi: u ishni 10 soniyada ko‘rib, qaysi detallarni o‘zgartirish kerakligini aniq ayta oladi. Bir voqea ham bor: u shunchaki bitta rangni almashtirishni tavsiya qilgan, va o‘quvchining afishasi maktab guruhida birdaniga virus bo‘lib ketgan.
Hayratlanarli fakt
U tanqidni shunchalik muloyim aytadiki, bola ishini o‘chirgisi emas, aksincha yanada yaxshilagisi keladi.
Superkuchi
Sokin, ishonchli va nozik hazilga ega — bolalarning sevimli mentori. Asadbek darsda ham intizom, ham kulgi bo‘ladigan muhit yaratadi — ijodiy fan uchun ideal muvozanat.
Ijodiy ilhom manbai
Toshkent Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti
Ta’lim
O‘qigan paytida u har doim imtihonlardan oldin guruhdoshlariga mavzuni tushuntirib berardi — ko‘pincha ular undan ham yuqori ball olardi. O‘shanda u o‘zining eng kuchli tomoni — boshqalarga tushuntirish ekanini anglagan.
Hayratlanarli fakt
U shunday tushuntiradiki, bola nafaqat o‘zi tushunadi, balki boshqasiga ham quvonch bilan tushuntirib bera oladi.
Superkuchi
Energetik va guruhni ruhlantira oladi Ahmadning darslari shunday o‘tadiki, bolalar vaqtni unutib qo‘yishadi — hammasi o‘yin, chaqiriq va do‘stona raqobat ruhida bo‘ladi.
Ijodiy ilhom manbai
Buxoro Muhandislik-texnologiya instituti
Ta’lim
Bir kuni darsda ikki faol o‘quvchi bahslashib, guruhga halal berayotgan edi. Gulnoza har biridan mavzuni boshqasiga “go‘yo u kichik ukasi bo‘lgandek” qilib tushuntirib berishni so‘radi. Bahs shu zahoti tugadi, ikkalasi ham birdan darsdagi yordamchilarga aylandi. Shundan beri u bosim emas, hurmat kuchidan foydalanadi.
Hayratlanarli fakt
U chegaralarni juda muloyim, lekin ta’sirli tarzda qo‘ya oladi — bolalar birinchi darsdayoq ovozini ko‘tarmasdan uni tinglay va hurmat qila boshlaydi.
Superkuchi
Kharizmatik yetakchi Gulnoza — darslardan keyin bolalar “Biz buni uddaladikki!” degan hissiyot bilan chiqadigan mentor.
Ijodiy ilhom manbai
UzGUMYA — Chet tili va adabiyoti
Ta’lim
Amaliyot vaqtida uning ustozlaridan biri unga bir jumla aytgan — va bu uning hayotiy qoidasiga aylangan: “Muhandis adashib qolmaydi, muhandis sababni izlaydi.” O‘sha kundan boshlab Kamoliddin xatolarga jahli chiqishni bas qilgan — ularni hurmat qila boshlagan. Shunga o‘xshash ruhni u bugun o‘quvchilariga ham o‘rgatadi.
Hayratlanarli fakt
Bolalarda muhandislik xarakterini shakllantiradi: “ishlamayapti” — bu yakun emas, balki yechim qidirishning boshlanishi.
Superkuchi
Qattiqqo‘l, lekin adolatli Uning darslarida bolalar mas’uliyatni o‘rganishadi: agar robot ishlamasa — xafa bo‘lmaymiz, balki yechim izlaymiz.
Ijodiy ilhom manbai
TATU I. Karimov nomidagi, ASU fakulteti, Mexatronika va robototexnika yo‘nalishi
Ta’lim
Katta IT olimpiadada ishtirok etish imkoniyati
Xakaton nima?
IT olimpiada - har yili kuzda bo’lib o’tadigan katta bellashuv. Unda saralangan 200 dan ortiq o’quvchilarimiz, real hayotdagi muammolarga yechim beradigan loyihalar tayyorlashadi. G’oliblarga esa 1,000,000 so’mdan dan 3,000,000 so’mgacha pul mukofotlari, shuningdek sertifikatlar taqdim etiladi. Bu olimpiada faqat CoddyCamp o’quvchilari uchun mo’ljallangan.
Akademiyamizda 7 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalar IT, Grafik dizayn va Robototexnika sohalarini o'rganishlari mumkin.
Toshkent shahri bo'ylab 6 ta filiallarimiz mavjud. Ganga, Novza, Sergeli, Yunusobod, Yashnobod hamda Buyuk Ipak Yo'li.
Darslarimiz haftada 3 kun, 1,5 soatdan bo'lib o'tadi.
Akademiyamizda kurslar Psixolog-metodist tomonidan 7-17 yoshdagi bolalarga tushunarli va qiziqarli tarzda ishlab chiqilgan. COIN tizimi bolalarga darslarga qiziqish uchun motivatsiya bo'ladi. Chunki ular yig'ilgan COIN'larni qimmatbaho sovg'alarga almashtirishlari mumkin.
O'quvchilarimiz darslardagi aktivlik uchun COIN'lar olishadi, ularni yig'ib telefon, noutbuk kabi qimmatbaho sovg'alarga almashtirishlari mumkin. Bu o'quvchilarning darslarga bo'lgan qiziqishini oshiradi.