JavaScript - hozirgi kunda eng yetakchi dasturlash tillaridan biri. Web saytlar, mobile ilovalar, hatto hozirda sun'iy intellekt texnologiyalarini yaratish mumkin.
Yakuniy loyiha - O’quvchilar kurs yakunida olgan bilimlari asosida o’zlarining eng yirik loyihalarini ishlab chiqishadi. Loyiha o’quvchi tomonidan qiziqishi asosida tanlanadi. Loyiha - Internet do’kon(Uzum Market), Shaxsiy sayt, Film ko’rish platformasi yoki boshqa web loyiha bo’lishi mumkin. O’quvchilar ota onalariga qilgan loyihalarini taqdim qilishadi.
React - mukammal dasturlarni yanada tezroq va yaxshiroq bo'lishiga yordam beradigan texnologiya. O'zbekiston va xalqaro IT kompaniyalarga ishga kirishda talab qilinadi.
Sun’iy intellekt - Hozirda rivojlanib borayotgan va barcha bilishi kerak bo’lgan ChatGPT, MidJourney va boshqa sun’iy intellektlar bilan ishlash
Telegram Bot - o’quvchilar o’zlarining ovqat buyurtma qilish, internet do’kon va boshqa Telegram botlar yaratishni o’rganishadi.
HTML & CSS -
Web saytlar yaratish uchun eng asosiy vositalar. Bu texnologiyalar Web dasturlashga birinchi qadam qo’yishda o'rganiladi.
Scratch - O’yin yaratish asosida dasturlash asoslarini o’rganishadi. Bolalar dasturlash o’rganish uchun eng mashhur platformalardan.