Oldin dars qilishni yoqtirmasdi, endi esa ITni o‘rganib, foydali ishlar bilan shug‘ullanmoqda. Ota-onasi va buvisi uning bu o‘zgarishidan xursand. Qisqa vaqt ichida 10 dan ortiq IT loyihani yaratib, yaqinda o‘z loyihasi bilan IT olimpiadasida g‘olib bo‘ldi.